Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
13.01.2022

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi

 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi:

 1. Guliston shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti – 1 nafar;

 2. Sayxunobod tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti – 2 nafar;

 Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlarning hujjatlari 2022-yilning 29-yanvar kuniga qadar belgilangan namunadagi ariza, maʼlumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxalarini Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar boʻlimiga yoki vacancy.adliya.uz elektron pochtasiga yuborishlari lozim. (murojaat uchun telefon: 67/ 226-07-20, 225-00-93).

 Tanlov quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

 - nomzodlarning vakant lavozimlarga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini oʻrganish;

 - test sinovlarini oʻtkazish;

 - suhbat.

 Birinchi bosqichda nomzodlarning hujjatlari vakant lavozimga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi oʻrganiladi va faqat malaka talablariga toʻliq mos kelgan nomzodlar keyingi bosqichga oʻtadi.

 Ikkinchi bosqichda nomzodlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maʼnaviyat va maʼrifat, siyosat va huquq boʻyicha bilim va koʻnikmalari test sinovidan oʻtkaziladi.

 Test natijalariga koʻra 71 foizdan yuqori toʻplagan nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

 Uchinchi bosqichda Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlarning shaxsiy va kasbiy koʻnikmalariga baho berish maqsadida suhbat oʻtkaziladi.

 Tanlov komissiyasi aʼzolari tanlov natijalariga koʻra har bir nomzodni baholaydi.

 - Ishga qabul qilishda ustunlik tanlov natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzodga beriladi, agar tanlov natijasiga koʻra nomzodlar toʻplagan ball teng boʻlsa, Tanlov komissiyasi raisining xulosasiga asoslanib, yakuniy xulosa beriladi.

 Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar boʻyicha nomzod vazirlik markaziy apparatidan suhbatdan oʻtkaziladi.

 Tanlovda ishtirok etuvchilarga lavozim boʻyicha nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

 1) oliy maʼlumotga ega huquqshunos;

 2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;

 3) davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi);

 4) yuklatilgan vazifalarni mustaqil va koʻmaksiz bajara olish;

 5) odob-ahloq normalariga rioya etadigan;

 6) kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish;  

 7) shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 Qoʻshimcha maʼlumotlar:

 — oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga 3 000 000 soʻmdan 5 000 000 soʻmgacha tashkil etadi.

 Ishga qabul qilish boʻyicha test va suhbat savollari roʻyxati bilan(https://telegra.ph/Tanlovda-ishtirok-ehtadigan-nomzodga-beriladigan-savollar-r%D1%9Ejhati-10-07) havola orqali tanishingiz mumkin.

 Tanlov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi binosida oʻtkaziladi.

 Manzil: Guliston shahri, Sayxun koʻchasi, 16-uy.

 Moʻljal: Sirdaryo viloyati Mudofaa boshqarmasining yangi binosi.

 Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.


 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Kadrlar boʻlimi


Рўйҳатга қайтиш