Янгиликлар
13
«Bahoriston»da sayyor qabul
Aholining muammolarini öz vaqtida eşitiş, murojaatlarga yeçim topiş uçun ba’zan uzoqqa boriş şart emas. Muhimi, mas’ullar xalq orasida bölişi, odamlarning dard-u taşvişlariga quloq tutişi va ularni hal etişga kömaklaşişidir.
Şu maqsadda «Bahoriston» mahallasida Sirdaryo viloyati adliya boşqarmasi, Mirzaobod tumani hokimligi, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boşqarmalari rahbariyati iştirokida sayyor qabul ötkazildi.
Qabul davomida fuqarolar kadastr, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik faoliyati, bank kreditlari, yaşaganlik faktini belgilaş va boşqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Jami 40 dan ortiq murojaat qabul qilinib, ularning har biri mas’ullar tomonidan tinglandi, muammolarni hal etiş yuzasidan tegişli huquqiy tuşuntiriş va tavsiyalar berildi.
Ayniqsa, qabul doirasida «Pensionerlarga huquqiy yordam» aksiyasi orqali aholining murojaatlariga ham alohida e’tibor qaratilib, qonunçilik asosida zarur maslahat va amaliy yordam körsatildi.