Янгиликлар
16
“Yashil makon” umummilliy loyihasida adliyachilar ham faol!
Tabiatga mehr — Vatanga mehr. Yashil tabiat esa sog‘lom hayot, musaffo havo va farovon kelajak demakdir.
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab keng quloch yozayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida ham ko‘chat ekish ishlariga start berildi.
Ushbu ezgu tashabbusda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish maqsadida manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.