Янгиликлар
05
NOTARIAL FAOLIYATDA QONUNIYLIK — MUHIM MEZON
Sirdaryo viloyat adliya boşqarmasida notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oşirişda qonuniylikni ta’minlaş, yuzaga kelişi mumkin bölgan xato va kamçiliklarning oldini oliş hamda sohadagi yangiliklar mazmun-mohiyatini tuşuntirişga qaratilgan öquv-seminar taşkil etildi.
Seminar davomida amaliyotda uçrayotgan dolzarb masalalar, qonunçilik talablariga qat’iy rioya etiş, notarial harakatlarni amalga oşiriş jarayonida xato va kamçiliklarga yöl qöymaslik hamda fuqarolarga sifatli huquqiy xizmat körsatiş masalalariga atrofliça söz yuritildi.
Tadbirda Xovos tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Ş. Qarşiyeva tomonidan fermer xöjaligiga qaraşli yer uçastkasiga bölgan ijara huquqini qayta ijaraga beriş (sotiş) şartnomasini tasdiqlaş tartibi yuzasidan ma’ruza qilindi. Mavzu doirasida mazkur notarial harakatni amalga oşirişda qonunçilik talablariga rioya etiş, zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş va amaliyotda e’tibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar tuşuntirildi.
Şuningdek, Guliston şahrida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius I. Xatamov merosga bölgan huquq töğrisida guvohnoma beriş tartibi, meros işlarini yuritiş, merosxörlarning huquq va manfaatlarini ta’minlaş bilan boğliq masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda yakunida notariular amaliyotda uçrayotgan muammolar va ularning qonuniy yeçimlari böyiça özaro fikr almaşdilar.