Янгиликлар
03
ADLIYA FAOLIYATI YOSHLAR NIGOHIDA
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining Guliston shahar bo‘limi hamda Sirdaryo yuridik texnikumi bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga adliya organlari faoliyati yaqindan tanishtirildi. Xususan, Guliston shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, asosiy vazifa va funksiyalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Muloqot jarayonida yoshlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish hamda adliya tizimida faoliyat yuritish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.