Янгиликлар
03
Sirdaryo tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda ishsiz yoshlar, bandlik organlari vakillari, yirik korxonalar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
Yarmarka davomida ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va vakansiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etilib, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Sirdaryo tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga mehnat huquqi, mehnat shartnomasini tuzish, ishga qabul qilish tartibi, xodim va ish beruvchining huquq hamda majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.