Янгиликлар
10
FUQARONING YO‘QOLGAN HUJJATI QAYTA TIKLANDI
Fuqaro Sh. Begaliyev ancha yillar avval tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini yo‘qotgan. Shu sababli u shu paytgacha fuqarolik pasportini ham rasmiylashtira olmagan.
Ushbu muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rab Mirzaobod tumani FHDY bo‘limiga murojaat qildi.
Murojaat FHDY bo‘limi tomonidan o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish maqsadida Minsk konvensiyasida belgilangan tartibda Tojikiston Respublikasining tegishli organlariga takroriy tug‘ilganlik guvohnomasini olish yuzasidan so‘rov yuborildi.
Natijada, Tojikiston Respublikasidan fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnomasi olindi va egasiga topshirildi.
Endilikda fuqaro fuqarolik pasportini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.