Янгиликлар
10
MEHNAT HUQUQLARI: TA’TIL VA KOMPENSATSIYALAR TARTIBI TUSHUNTIRILDI
Xodimlarning mehnat huquqlarini bilishi va qonunchilikda belgilangan kafolatlardan to‘g‘ri foydalanishi muhim. Ayniqsa, mehnat ta’tillari, ijtimoiy ta’tillar hamda ish va o‘qishni birga olib borayotgan xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan xabardor bo‘lish zarur.
Shu maqsadda Xovos tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 14-sonli musiqa va san’at maktabida “Mehnat ta’tillari, ijtimoiy ta’tillar hamda ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi xodimlar uchun kafolat va kompensatsiyalar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida mehnat va ijtimoiy ta’tillarni berish tartibi, xodimlarga kafolatlangan imtiyozlar hamda kompensatsiyalarni qo‘llashning huquqiy asoslari sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, ularning mehnat huquqlariga oid masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.