Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi




Sirdaryo viloyat adliya boşqarmasiga Boyovut tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi xodimi A.B murojaat qilib, sud qarori asosida işga tiklangan bölsa-da, majburiy progul davri uçun iş haqi tölanmaganidan norozi bölgan.

Örganiş davomida fuqaro A.B fuqarolik işlari böyiça Boyovut tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan 2026-yil 5-mart kuni avvalgi lavozimiga tiklangani aniqlandi. Biroq 2025-yil 23-oktabrdan 2026-yil 5-martga qadar bölgan majburiy progul davri uçun unga tegişli örtaça iş haqi tölab berilmagan.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 174 va 320-moddalariga muvofiq, mehnat şartnomasi qonunga xilof ravişda bekor qilinganligi oqibatida xodimga yetkazilgan moddiy zarar, jumladan, majburiy progul davri uçun iş haqi qoplanişi lozim.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimga tegishli to‘lovlarni kechiktirgan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda pulli kompensatsiya to‘lashi shart.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro A.Bning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada sudning hal qiluv qarori bilan fuqaro A.B foydasiga Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hisobidan 9 834 841 so‘m  majburiy progul davri uchun ish haqi, 6 226 964 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya undirilishi belgilandi.