Янгиликлар
09
YOSHLAR ADLIYA TIZIMI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Oqoltin tuman adliya bo‘limida tumandagi 3-son texnikum o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga adliya bo‘limi faoliyati, uning asosiy vazifalari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, o‘quvchilar Davlat xizmatlari markazi, FHDYO bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, tashkilot va muassasalarga huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari tushuntirildi.
Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, adliya tizimi faoliyati va fuqarolarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlari haqida tasavvurga ega bo‘ldilar.