Янгиликлар
09
ADLIYA XODIMLARI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIDA
Islom sivilizatsiyasi markazi — xalqimizning köp asrlik tarixi, boy ilmiy-ma’naviy merosi, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduni rivojiga qöşgan ulkan hissasini namoyon etuvçi noyob maskan. Bu yerda ötmiş va bugun, ilm va ma’rifat, tarix va zamonaviylik özaro uyğunlaşgan.
Ana şu bebaho meros bilan yaqindan tanişiş, xodimlarning ma’naviy dunyoqaraşini boyitiş maqsadida teambuilding tadbirlari doirasida Sirdaryo viloyat adliya boşqarmasi xodimlari uçun Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya taşkil qilindi.
Tadbir davomida xodimlar markazning boy ekspozitsiyalari, islom olamining buyuk allomalari hayoti va ilmiy merosi, ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiya rivojiga qöşgan hissasi bilan yaqindan tanişdilar.
Zero, buyuk tarixga munosib böliş — uni biliş, qadrlaş va kelajak avlodlarga yetkazişdan boşlanadi.