Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi




Guliston shahridagi Sirdaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi binosida aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i S. To‘g‘ayev, Guliston shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M. Madaminov, Sirdaryo viloyati AT «Xalqbank» markazi rahbari X. Xolmuhamedov ishtirok etib, tadbirkorlarning taklif va muammolarini tingladilar.

Muloqot davomida bank xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlaridan foydalanish, amaldagi qonunchilik talablari hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Jarayonda 14 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ijroga qaratildi.