Янгиликлар
28
Korrupsiyasiz kelajak — taʼlim va maʼrifatdan boshlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qaroriga muvofiq, Yuridiki xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, Sirdaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi hamda 9-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida targʻibot va tushuntirish tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida qabul qilinayotgan hujjatlar loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish tartibi, mehnat jamoasida shaffoflik va adolat tamoyillarini qaror toptirish, xodimlarning huquqiy bilimlari hamda sohadagi masʼuliyatini oshirish masalalari tushuntirildi.