Янгиликлар
28
XOVOS TUMANIDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xovos tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi, prokuratura, Ichki ishlar bo‘limi (IIB) hamda adliya organlari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolar, xususan, xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi..
Qabul davomida xotin-qizlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va masalalarni atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda bayon etilgan masalalarni hal etish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar mas’ullariga zarur topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iborat.