Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Yangiyerda tadbirkorlar muammolari örganildi



Bugun Yangiyer şahar hokimligi, Biznesni rivojlantiriş banki Sirdaryo viloyati boşqarmasi hamda şahar Adliya bölimi hamkorligida tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş istagidagi fuqarolarning muammolarini örganiş, mavjud masalalarga amaliy yeçim topiş hamda ularni ijobiy hal etişga qaratilgan qabul taşkil etildi.

Unda şahar hokimining birinçi örinbosari Sarvar Pölatov, BRB Sirdaryo viloyati boşqarmasi boşliği örinbosari Akram Bayzakov, şahar Adliya bölimining mas'ul xodimi, şuningdek, 35 nafar tadbirkor va tadbirkorlik qiliş istagidagi fuqarolar iştirok etdi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning faoliyatini kengaytiriş, yangi loyihalarni amalga oşiriş va biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi. Murojaatlarning asosiy qismini imtiyozli kreditlar ajratiş, tadbirkorlik faoliyatini moliyalaştiriş hamda yangi iş boşlaş uçun zarur moliyaviy kömak oliş masalalari taşkil etdi.
Qabul jarayonida murojaatlar mas’ullar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning aksariyatiga shu joyning o‘zida amaliy yechimlar taklif etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan aniq chora-tabirlar belgilab olindi.