Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyat va qonuniylik ustuvor



Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda, xolis va sifatli ko‘rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov raisligida o‘tkazilgan seminarda ham aynan murojaatlar bilan ishlash masalasi muhokamalar markazida bo‘ldi.

Seminar davomida fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, har bir murojaatni mazmunan o‘rganish, murojaatda ko‘tarilgan masalani yuzaki emas, balki har tomonlama o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

Seminarda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.