Янгиликлар
29
Fuqaroga pasport olishda amaliy yordam ko‘rsatildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xovos tumanida yashovchi fuqaro O.Axmedovaning farzandi 16 yoshga to‘lganligi munosabati bilan pasport olishda amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaati o‘rganildi.
O‘rganish davomida O. Axmedovaning uch nafar farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i vaqtincha ishsiz ekanligi hamda oila ijtimoiy reyestrga kiritilganligi aniqlandi.
Fuqaroning farzandi I.Karimqulov 16 yoshga to‘lganligi sababli ID-kartasini olishi lozim edi. Biroq oilaning moddiy sharoiti og‘irligi tufayli ushbu hujjatni olish imkoniyati bo‘lmagan.
Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 35-son qarorida belgilangan imtiyozlardan kelib chiqib, fuqaroga hujjatni davlat boji to‘lamasdan rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatildi.
Adliya aralashuvi bilan zarur hujjatlar tayyorlanib, murojaat ijobiy hal etildi.