Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

YOT GʻOYALARGA QARSHI ENG KUCHLI QUROL — BILIM VA TAFAKKUR!




Yoshlik — orzular qanot yozadigan, kelajakka yo‘l tanlanadigan davr. Ammo bugungi tezkor axborot makonida har bir yosh to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligi uchun bilimli, hushyor va mustaqil fikrlaydigan bo‘lishi zarur.

Ana shu maqsadda Ulug‘obod mahallasidagi 12-sonli umumta’lim maktabida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari A. Mavlonov ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.

Muloqotning maqsadi yoshlarni diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va huquqiy ongni yuksaltirishga qaratildi.

Uchrashuvda yoshlar o‘z kelajagiga befarq bo‘lmaslikka, ilm-ma’rifatni egallashga, yurt tinchligi va jamiyat osoyishtaligini qadrlashga chaqirildi. Shuningdek, har bir yosh o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, shubhali takliflar va zararli axborotlarga nisbatan ogoh bo‘lishi lozimligi qayd etildi.