Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan




Giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘diradigan illatlardir. Ular inson salomatligi, oilalar farovonligi va yoshlar kelajagiga tahdid soladi. Bunday xavflarning oldini olishda yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularda qonunga hurmat va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Guliston shahar YXKM xodimlari tomonidan 5-sonli maktabda “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, bunday huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari,  diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm kabi buzg‘unchi g‘oyalarning yoshlar ongiga ta’siri hamda internet orqali tarqaladigan zararli axborotlardan ogoh bo‘lish haqida tushunchalar berildi.