Янгиликлар
30
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida ma’rifat soati o‘tkazildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi ma’rifat soatida davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish mavzusida so‘z yuritildi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi O‘tkir Jo‘rayev ma’ruza qilib, davlat xizmatlarini masofadan turib, tezkor va qulay tarzda olish imkoniyatlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat yuborish, kerakli hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish hamda raqamli xizmatlardan foydalanish tartibini batafsil tushuntirdi.
Ma’rifat soati adliya organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, aholiga sifatli huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda raqamli davlat xizmatlarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shundan so‘ng, boshqarma xodimlari e’tiboriga siyosiy-ma’rifat soati uchun tayyorlangan videorolikning 42-soni namoyish etildi.