Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida  «Fuqarolik jamiyati haftaligi» doirasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.




Unda Sirdaryo viloyati hokimligi, adliya boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining viloyat bo‘linmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasining hududiy bo‘linmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda «Fuqarolik jamiyati haftaligi» doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar va belgilangan chora-tadbirlar, haftalikning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar mazmun-mohiyati va amaliyotdagi ijrosi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida nodavlat notijorat tashkilotlari uchun yaratilgan soliq imkoniyatlari, homiylik va xayriya faoliyatining huquqiy asoslari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Yakunda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan ikki turdagi davlat granti loyihalari g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.