Янгиликлар
31
Boyovut tumanida sayyor qabul: 60 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi
Boyovut tumani Uchturgon mahallasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Kudratov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, huquqiy masalalar bilan bog‘liq murojaatlarini bayon etdilar.
Sayyor qabul davomida 60 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning asosiy qismi yer munosabatlari, mulk huquqi, ijara, aliment undirish, ijtimoiy himoya va boshqa huquqiy masalalarga oid bo‘ldi.
Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib,qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga olindi.
Tadbir doirasida sayyor davlat xizmatlari ham yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, mavjud kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.