Янгиликлар
02
Nogironligi bo‘lgan talaba stipendiyasiga 50 % lik ustama olish uchun qayerga murojaat qilishi lozim?
Nogironligi bo‘lgan talaba 50 foizlik ustama qo‘shib to‘lanadigan stipendiya olishi uchun nogironlik to‘g‘risidagi hujjatni o‘zi ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasi buxgalteriga taqdim etishi shart. Bunda oliy ta’lim muassasasi buxgalteri nomiga ariza bilan murojaat qilish talab etilmaydi. Nogironlik haqidagi hujjatni taqdim etish kifoya.
Ustamali stipendiya olish faqat I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalargagina tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda I va II guruh nogironligi bo‘lgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.