Янгиликлар
29
E’LON!
Hurmatli Boyovut tumani aholisi!
Sizlarning murojaat va muammolaringizni bevosita o‘rganish, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.
Shuningdek, sayyor qabulda Boyovut tumanidagi barcha tashkilot va muassasa rahbar hamda mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
???? Manzil: Boyovut tumani, Uchturgon mahallasida joylashgan Yoshlar markazi binosi
???? Vaqti: 30-oktabr kuni soat 15:00 da
???? Murojaat uchun: +998 50 003 30 51
Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinadi.
Murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!
Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.