Янгиликлар
13
“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri va sayyor qabul o‘tkazildi
Sayxunobod tumani Adliya bo‘limi tomonidan ta’lim sohasi vakillarining huquqiy bilimlarini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topish maqsadida tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda umumta’lim maktablari xodimlari ishtirokida “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri va sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda pedagog xodimlarning mehnat huquqlari, qonunchilikda belgilangan kafolatlar, ularning kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan sayyor qabulda xodimlarning murojaatlari tinglanib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.