Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling: huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi




Guliston tumani adliya bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo'limi hamda tuman Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi bilan hamkorlikda PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1-sonli umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda huquqiy nigilizm va firibgarlikning oldini olish bilan bir qatorda, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, internet firibgarligi, soxta havolalar, shubhali qo‘ng‘iroqlar hamda SMS-xabarlar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va bank karta mablag‘larini qo‘lga kiritish usullari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘qituvchilarga internetdan xavfsiz foydalanish, begona shaxslarga SMS-kod va bank karta ma’lumotlarini bermaslik hamda kiberjinoyat qurboniga aylanmaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.