Янгиликлар
22
Sayxunobodda yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
Sayxunobod tumanida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Unda nikoh qurish arafasida turgan 20 nafardan ortiq kelin-kuyov ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida yoshlarga “Ota-onalik ko‘nikmasi” mavzusida batafsil ma’lumotlar berilib, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni, oiladagi mas’uliyat, o‘zaro hurmat va sog‘lom muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.