Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Oilaviy ajrimlarning oldini olish - ustuvor vazifa



Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Mavlonov raisligida Zoom platformasi orqali FHDY bo‘limlari xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, oilalar mustahkamligini ta’minlash va ajrimlarning oldini olish borasidagi faoliyat atroflicha muhokama qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatda 2025-yilning mos davrida 1149 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lsa, 2026-yilda ushbu ko‘rsatkich 1289 tani tashkil etgan.

Ushbu ko‘rsatkich oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish va ajrimlar sonini kamaytirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, joylarda manzilli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarini tizimli tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, xodimlarining taklif va mulohazalari tinglanib, sohada uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari bo'yicha takliflar yuzasidan fikr almashildi