Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Sirdaryo viloyatida davlat xizmatlari sifati o‘rganildi




Adliya vazirligi Davlat xizmati departamenti rahbari E.Maxkamov Sirdaryo viloyatida aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlarning holati bilan tanishdi.

Xususan, Sirdaryo, Sayxunobod tumanlari va Guliston shahrida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, xizmatlardan tezkor va oson foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, Sirdaryo va Sayxunobod tumanlarida rekonstruksiya qilinayotgan Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari binolari ko‘zdan kechirilib, ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolarning davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berildi.