Янгиликлар
23
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida “Stresni boshqarish va kasbiy barqarorlik” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil etildi.
Tadbirda Guliston Davlat Universiteti v.b. dotsenti Iroda Umarova ma’ruza bilan ishtirok etib, stressning inson ruhiy holati va mehnat faoliyatiga ta’siri, stressli vaziyatlarni to‘g‘ri baholash va boshqarish usullari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ma’ruza davomida ishtirokchilar uchun amaliy tavsiyalar berilib, stressni kamaytirish va ruhiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, boshqarma xodimlari e’tiboriga siyosiy-ma’rifat soati uchun tayyorlangan videorolikning 41-soni namoyish etildi.
Bugun, juma — milliy liboslar kuni munosabati bilan boshqarma xodimlari ish faoliyatini milliy liboslarda boshladilar.