Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ulug‘ yo‘l mahallasida ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi




“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizjon Mavlonov Guliston shahridagi Ulug‘ yo‘l mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda dastlab xotin-qizlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash, shuningdek, spirtli ichimliklar va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning huquqiy muammolari va murojaatlari o‘rganildi.

Shuningdek, aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam berildi.