Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

ELEKTR HISOBLAGICHLAR BILAN ISHLASH TARTIBI YUZASIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI




“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament talablari yuzasidan seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminar davomida xodimlarga elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va qayta o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari hamda belgilangan talab va muddatlarga rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda qonunchilik talablariga amal qilish, ish jarayonlarining shaffofligi va tezkorligini ta’minlash hamda xodimlarning ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.