Янгиликлар
24
“ADOLAT DEBATI” — BILIM, MANTIQ VA NOTIQLIK BELLAŞUVINING SIRDARYO VILOYATI BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Viloyat Yoşlar markazida yoşlarning huquqiy bilimlarini oşiriş, erkin fikrlaş, öz nuqtayi nazarini asosli dalillar bilan himoya qiliş hamda bahs-munozara madaniyatini rivojlantiriş maqsadida “Adolat debati” guruhlari loyihasining Sirdaryo viloyati bosqiçi ötkazildi.
Mazkur tanlov Sirdaryo viloyati Yoşlar işlari boşqarmasi, Adliya boşqarmasi, Maktabgaça va maktab ta'limi boşqarmasi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida taşkil etildi.
Bellaşuv davomida iştirokçilar "Sun’iy intellekt sudyalarning örnini egallasa, adolat yanada mukammal böladimi?" mavzusi yuzasidan öz fikrlarini bayon etib, huquqiy asoslar va mantiqiy dalillar orqali öz pozitsiyalarini himoya qildilar. Bahslar yoşlarning tahliliy fikrlaşi, nutq madaniyati, jamoada işlaş va qarama-qarşi fikrlarga munosabat bildiriş könikmalarini namoyon etiş uçun imkoniyat yaratdi.