Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Kudratov Sayxunobod tuman adliya bo‘limi binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari jarayoni bilan tanishdi




Bugungi kunda aholiga sifatli va qulay huquqiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda adliya organlari xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Sayxunobod tuman adliya bo‘limi binosida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Binoni zamonaviy talablar asosida qayta jihozlash, xizmat xonalarini tartibga keltirish, xodimlar va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Inomjon Kudratov adliya bo‘limi binosida amalga oshirilayotgan ishlar holati, rekonstruksiya jarayoni, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.