Янгиликлар
26
«Adliya kitobxonlari»: bilim, tahlil va notiqlik sinovi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, boyitish, mustaqil hamda tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida «Adliya kitobxonlari» tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblar asosida taqdimot-taqrizlar bilan ishtirok etib, asarning asosiy g‘oyasi, undan olgan shaxsiy taassurotlari va xulosalari, shuningdek, kitobning kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati haqida fikrlarini bayon etdilar.
Jarayonda ishtirokchilarning kitob mazmunini shunchaki bayon qilib berish emas, balki asarga nisbatan shaxsiy munosabati, mustaqil va tanqidiy fikri,tahlil qilish qobiliyati hamda notiqlik mahoratiga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra,Sirdaryo tumani YXKM bosh yuriskonsulti Sevara Gʻapparova 1-o‘rinni egalladi.
Uning A.Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq" asari asosida tayyorlagan taqdimoti hakamlar tomonidan yuqori baholandi.