Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya xodimlari «Ona tili - millat ko‘zgusi» mavzusida diktant yozdi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan «Umummilliy diktant» loyihasi doirasida tizim xodimlari o‘rtasida «Ona tili - millat ko‘zgusi» mavzusida diktant olindi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash, imlo qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish hamda o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada yuksaltirishdan iborat.

Diktant jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining yozma savodxonligi, imlo qoidalarini bilishi va davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar xodimlarning savodxonligini oshirish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish hamda ona tiliga bo‘lgan ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi.