Янгиликлар
Sirdaryo viloyatida 2026-yilning sentabr oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni ijrosini tashkil etish to‘g‘risida
Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
10-fevraldagi PF–6166-sonli farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117–son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon,qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2025-2026 yilning bugungi kuniga qadar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1781 ta
(4 ta Qonon, 336 ta Farmon, 937 ta qaror, 39 ta farmoyish, 465 ta bayon) hujjatlarida 23 211 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 17530 tasi bajarilgan, 5606 ta topshiriqlarni belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu jumladan, joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 203 tadan 203 tasi bajarilgan, hamda Vazirlar Mahkamasining 219 tadan 216 tasi bajarilgan.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, viloyat boshqarma va tashkilotlar hamda shahar, tumanlar hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan,
2026-yil davomida 8 ta boshqarma va 8 ta hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘tkazilgan tahlillar, muhokamalar va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarmaslik va ijrosini kechiktirish holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 1 nafar viloyat hokimining o‘rinbosari, 2 nafar kotibiyat mudirlari, 1 nafar tuman hokimi, 8 nafar tuman-shahar o‘rinbosarlari, jami 10 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.
Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.