Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Dafn etish sohasidagi yangi tartiblar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qarori — “Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda qabristonlar nazoratchilari, mahalla raislari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida qarorda belgilangan vazifalar, dafn etish ishlarini tartibli tashkil etish, ularning hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, shuningdek, sohada samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berilib, qaror ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.