Янгиликлар
11
"Bahor"da sayyor qabul
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yilda hududlar mas’ul rahbarlar va muassasalarga nomma-nom biriktirilib, mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish mexanizmi joriy qilindi.
Shu asosda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Dastlab ayollar jinoyatchiligi, nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida sayyor qabul o'tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, zarur maslahat va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.