Янгиликлар
13
UCHTURGONDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI
Boyovut tuman adliya bo'limi tomonidan Uchturgon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning mulkiy huquqlarni ta’minlash, ijtimoiy himoya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda komunal soha va boshqa huquqiy masalalarga oid 10 ga yaqin murojaati tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Qabul mobaynida aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.