Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nikohlanuvchi yoshlar uchun o‘quv kursi tashkil etildi



Guliston tumani FHDY boʻlimi va Oila va xotin-qizlar bo‘limi huzuridagi "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida nikohlanuvchi yoshlar uchun navbatdagi o‘quv kursi o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda oila qurishning huquqiy asoslari, er-xotinlarning huquq va majburiyatlari, sog‘lom oilaviy munosabatlar, oilaviy byudjetni yuritish, reproduktiv salomatlik, farzand tarbiyasi hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash mavzularida mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.