Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Sayyor davlat xizmatlari — aholi uchun qulaylik




Aholiga davlat va huquqiy xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashining oldini olish maqsadida Yangiyer shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Shukrona mahallasida sayyor xizmat tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron tizimlarning afzalliklari hamda huquqiy masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir davomida fuqarolarga elektron raqamli imzo (ERI) olish va undan foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni kadastr ro‘yxatiga olish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga shaxsiy va mulkiy huquqlar, meros, mulkni rasmiylashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi.