Янгиликлар
14
Xotin-qizlarga bepul huquqiy maslahat
Guliston shahrining "Nihol" mahallasida "Ayollar daftari"da ro‘yxatga kiritilgan huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun tadbir tashkil etildi.
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbirda ishtirokchilarga mehnat, oila, ijtimoiy himoya, davlat xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, davlat organlariga murojaat qilish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Muloqot davomida xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularga amaliy va huquqiy tavsiyalar, muammolarni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli yo‘nalishlar berildi.
Uchrashuv xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va tezkor yechim topishga xizmat qildi.