Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bir hujjat - bir inson taqdiri



Asli Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida tug‘ilgan Regina Baratova hozirda Yangiyer shahrining A.Jomiy mahallasida istiqomat qiladi.

Bolaligida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qolib qolgan. Shu sababli yillar davomida eng oddiy huquqlardan foydalanishda ham qiyinchiliklarga duch keldi.

Takroriy guvohnoma olish ilinjida u ko‘plab idoralarga murojaat qildi. Ammo yillar o‘tsa-da, muammo o‘z yechimini topmadi.

Navbatdagi umid manzili Yangiyer shahar adliya bo‘limi bo‘ldi.

FHDY xodimlari murojaatni qonunchilik asosida o‘rganib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda qisqa muddatda barcha huquqiy jarayonlarni amalga oshirdilar.

Natijada Regina Baratovaga tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnoma rasmiylashtirib berildi.