Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi




Uchrashuvda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i I.Qudratov, Bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov, soliq organi hamda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.

Muloqot davomida yosh tadbirkorlarga bojxona va soliq imtiyozlari, kredit olish tartiblari va lisenziyalash, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Muloqot “Biznesning oshkora sirlari” formatida davom etdi. Unda Gulistonlik yosh tadbirkor S.Hoshimova tadbirkorlik faoliyatidagi tajriba va maslahatlarini yoshlar bilan bo‘lishdi.

Tadbir davomida yoshlar tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga oid savollariga atroflicha javob oldilar.