Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Huquqiy eksperiment kiberfiribgarlikka qarshi ogohlikni oshirdi




Firibgarlar turli usullar orqali fuqarolarning bank kartalari, shaxsiy ma’lumotlari va mablag‘larini qo‘lga kiritishga urinmoqda. Bunday holatlarning oldini olishda esa aholining huquqiy savodxonligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahar davlat xizmatlari markazida aholining hushyorligini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Huquqiy eksperiment” o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida fuqarolarning turli kiberfiribgarlik usullariga munosabati, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.

Eksperiment orqali ishtirokchilarga kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va shubhali murojaatlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.