Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Yoshlar kuni” munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi


Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Sport maktabida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga undash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Bellashuvda faol ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviy hamkorligi va sport mahoratini namoyon etdilar.