Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Bir hujjat - bir oilaning quvonchi



Ba'zan bitta hujjatdagi kichik o‘zgarish inson hayotida katta burilish yasaydi. Ayniqsa, farzandning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uning kelajakdagi ta'lim olishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishi va boshqa ko‘plab huquqlarini to‘laqonli amalga oshirishida muhim ahamiyat kasb etadi.

2014-yilda Elibayevlar oilasining qiz farzandi Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati, Bundijikat qishlog‘ida dunyoga kelgan.

Farzand tug‘ilgan paytda er-xotin o‘rtasidagi nikoh o‘sha vaqtda qonuniy tartibda rasmiylashtirilmaganligi sababli, chaqaloq tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga onasining familiyasi bilan qayd etilgan.

Yillar o‘tib, ona qiziga otasining familiyasini berish niyatida bir necha bor turli idoralarga murojaat qildi. Biroq hujjatlarning boshqa davlatda rasmiylashtirilgani va zarur hujjatlarni yig‘ish jarayonidagi murakkabliklar bu masalaning yechimini uzoq vaqt cho‘zib yubordi.

Oila Guliston shahar FHDY bo‘limiga murojaat qildi. Jarayonda xalqaro tartibda kerakli ma'lumotlar olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga bolaning otasi haqidagi ma'lumotlar kiritildi.

Natijada qizaloqqa otasining familiyasi berildi va unga yangi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib topshirildi.