Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Islohotlarga daxldorman: Sardobalik yoshlarga huquqiy bilim ulashildi



“El-yurt umidi” stipendiyasini qanday qo‘lga kiritish mumkin? Yoshlar tadbirkorligini boshlash uchun davlat qanday imkoniyatlar yaratmoqda? Yoshlarning qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlari nimalardan iborat?

Ana shu kabi dolzarb savollarga javob berish maqsadida Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan “Islohotlarga daxldorman” loyihasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida o‘tkazilgani ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu usul yoshlarga huquqiy axborotni sodda, ochiq va hayotiy misollar orqali yetkazish imkonini berdi.

Shuningdek, mamlakatimiz qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim, mehnat, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi huquq hamda imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarga infografika va bukletlar tarqatildi.