Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ish o‘rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi


Unda aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Anjumanda Yangiyer shahar adliya boshlig'i Javohir Komilov mamlakatimizda aholi turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Anjuman davomida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, huquqiy yordam tizimi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan qulayliklar, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi yangiliklar haqida ham ma’lumotlar berildi.